«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Madrid jamoasi futbolchilari uchun yangi intizom qoidalarini joriy qildi.
Portugaliyalik mutaxassis klubda avval qo‘llanilgan kechikishlar uchun jarima tizimidan voz kechdi. The Sun ma’lumotiga ko‘ra, ilgari mashg‘ulotga kech qolgan futbolchilar 100 dan 300 yevrogacha jarima to‘lashgan. Mourinyo bunday jarimalarni samarasiz deb hisoblab, jazoni kuchaytirishga qaror qildi.
Endi mashg‘ulotga kech qolgan futbolchi asosiy tarkib bilan birga shug‘ullanmaydi, trenajyor zalida alohida ishlaydi va keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Shuningdek, Mourinyo jarohat olgan futbolchilarning tiklanish jarayoniga qo‘yiladigan talablarni ham kuchaytirdi. Endi reabilitasiya «Real»ning Valdebebasdagi mashg‘ulot bazasida o‘tkazilishi kerak.
Bundan tashqari, murabbiylar shtabi jamoaning ovqatlanish tartibi ustidan nazoratni kuchaytirdi. Futbolchilar klub tomonidan ishlab chiqilgan ovqatlanish tavsiyalariga qat’iy rioya qilishlari kerak.













