Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul

«Barselona» Jezus bilan shartnoma shartlarini o‘zgartirdi

«Barselona» Jezus bilan shartnoma shartlarini o‘zgartirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» Gabriel Jezus transferini amalga oshirish yo‘lida qat’iy harakatlarni davom ettirmoqda.

SPORT ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar «Arsenal» bilan 29 yoshli braziliyalik hujumchining 10 million yevro evaziga transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shuningdek, «Barselona» futbolchi bilan dastlab kelishilgan shartnoma shartlarini o‘zgartirgan.

Avvaliga tomonlar ikki yillik shartnoma va yana bir yilga uzaytirish imkoniyati haqida kelishgan edi. Endi esa klub Jezusga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uch yillik shartnoma taklif qilgan.

Hujumchi Mikel Arteta rejalariga kirmay qolganidan so‘ng, Angliyadagi shartnomasi tugashiga bir yil qolgan paytda Barselonaga yetib keldi.

El-Prat aeroportiga kelganida Jezus o‘zining jismoniy holati haqida ham gapirdi.

«Tizzam a’lo holatda», — dedi futbolchi.

Shu tariqa u 2025 yilda 11 oy davomida maydondan tashqarida qolishiga sabab bo‘lgan jarohatni ortda qoldirganini ta’kidladi.

Gabriel Jezusning transferi «Barselona» hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadi bilan bog‘liq. U jamoa hujumida yosh Hamza Abdelkarim va Rafinya bilan birga harakat qilishi kutilmoqda.

SPORT ma’lumotiga ko‘ra, «9» raqamli futbolka ham Jezus uchun band qilingan.

Futbolchi yaqin vaqt ichida jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shiladi. Murabbiylar shtabi uning jismoniy holatini shoshilmasdan tiklash va jamoaga bosqichma-bosqich moslashtirishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 16:23, 01.09.2026.
O'qildi: 3446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик