"Real Ovyedo" "Real"ning yosh qanot himoyachisi David Ximenesni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda Segunda divizioni klubi rasman ma’lum qildi.
"Kastilya" futbolchisi "Ovyedo" bilan 2029 yilga qadar mo‘ljallangan uch yillik shartnoma imzoladi. Xabarlarga ko‘ra, "Real" futbolchining 50 foiz iqtisodiy huquqini o‘zida saqlab qolgan.
22 yoshli Ximenes o‘tgan mavsum "Real" asosiy jamoasida debyut qilgan edi. U "Kastilya" safida jami 73 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Biroq "Real"ning "Inter"dan Denzel Dyumfrisni xarid qilishi Ximenesning asosiy jamoada rivojlanishi va muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish imkoniyatini cheklab qo‘ydi.













