Madridning "Real" klubida yarim himoyachi Jud Bellingem va markaziy himoyachi Ibraima Konatening ishga professional munosabatidan juda mamnun.
Jurnalist Xavyer Rodriges Paskualning "qirollik klubi"dagi manbalariga tayanib xabar berishicha, angliyalik va fransuz futbolchilari o‘zlarini o‘ta intizomli va mehnatkash o‘yinchilar sifatida ko‘rsatgan. Ta’kidlanishicha, har ikki futbolchi ham sog‘lom turmush tarziga amal qiladi va doim o‘z ustida ishlab, rivojlanishga intiladi.
Jud Bellingem 2023 yil yozida Dortmundning "Borussiya" klubidan "Real" safiga qo‘shilgan. Ibraima Konate esa joriy mavsum boshlanishidan oldin "Liverpul"dan erkin agent sifatida Madrid klubiga o‘tgan.













