Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi debyut uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Juma kuni "uch ranglilar" Millatlar ligasi 1-turida safarda Turkiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
L'Equipe xabariga ko‘ra, Zidan 4-3-3 taktik sxemasidan foydalanishi kutilmoqda. Hujum chizig‘ida Maykl Olise, Usmon Dembele va Kilian Mbappe harakat qilishi mumkin.
Turkiya va Fransiya o‘rtasidagi uchrashuv 25 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Millatlar ligasining guruh bosqichida Fransiya Turkiya, Belgiya va Italiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.













