Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 1000-golga yaqinlashmoqda.
41 yoshli portugaliyalik hujumchi klublar va terma jamoa safida jami 979 ta gol urgan.
Undan 1000-golini «An-Nasr» yoki Portugaliya terma jamoasi safida urishni xohlashi haqida so‘rashdi.
«Javobni o‘zingiz bilasiz. Albatta, terma jamoa safida. Bu chiroyli tarixning eng yuqori nuqtasi bo‘lardi. Murabbiy aytganidek, tort ustidagi gilos bo‘lardi», — dedi Ronaldu.
Portugaliya terma jamoasi payshanba kuni o‘z maydonida Uelsga qarshi o‘ynaydi.













