«Barselona» yarim himoyachisi Rodri Ernandes Xans-Diter Flikning mashg‘ulotlaridan hayratda qolganini tan oldi. 30 yoshli ispaniyalik futbolchi avgust oyida «Manchester Siti»dan Kataloniya klubiga o‘tgan edi.
«Gvardiola va Flik o‘rtasida umuman o‘xshashlik yo‘q. «Barselona»ga o‘tayotganimda rondo va to‘pga egalik qilish filosofiyasiga duch kelaman deb o‘ylagandim, lekin buning o‘rniga dastlabki to‘rt kunda meni jismoniy jihatdan shunchalik toliqtirishdiki, «O‘zi qayerga tushib qoldim?» deb o‘ylab qoldim», — dedi Rodri El Partidazo de COPE efirida.
Yarim himoyachiga Madridning «Real» klubi ham da’vogarlik qilgan edi, biroq futbolchi «qaymoqranglilar»ga xushmuomalalik bilan rad javobini berib, «ko‘k-anorranglilar» loyihasini ma’qul ko‘rgan.













