Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston Xitoyni mag‘lub etib, peshqadamlikni yanada mustahkamladi

Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston Xitoyni mag‘lub etib, peshqadamlikni yanada mustahkamladi

Baho:
+ | -

Samarqandda davom etayotgan shaxmat bo‘yicha olimpiadaning eng markaziy va shiddatli uchrashuvlaridan birida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Xitoy jamoasini 3:1 hisobida ishonchli tarzda taslim etdi.

Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev o‘z o‘yinlarida yorqin g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Javohir Sindorov va Muhiddin Madaminov raqiblari bilan murosaga kelib, jamoamizning umumiy g‘alabasini ta’minlashdi.

O‘zbekiston mazkur g‘alabadan keyin 14 ochko bilan turnir jadvalidagi yakka peshqadamligini saqlab qoldi.

12 ochko jamg‘argan Niderlandiya, Hindiston, Germaniya, Ozarboyjon va Armaniston jamoalari keyingi o‘rinlarga egallab turibdi.

O‘zbekistonning ikkinchi jamoasi ushbu turda Fransiya bilan durang o‘ynagan bo‘lsa (2:2), uchinchi jamoamiz Janubiy Afrika Resbulikasini 3-1 hisobida taslim etdi. O‘zbekiston-2 jamoasi 11 ochko bilan 14-pog‘onani band etgan.

Erkaklar jamoalarimizga 8-turda raqiblik qiladigan jamoalar:

O‘zbekiston-1 — Germaniya
O‘zbekiston-2 — Angliya
O‘zbekiston-3 — Shveysariya

Ayollar

O‘zbekiston ayollar jamoasi mazkur turda Sloveniyaga qarshi dona surib, 3,5 - 0,5 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ikkinchi jamoamiz Tojikistonni mag‘lub etgan bo‘lsa (3-1), uchinchi jamoamiz Peruga imkoniyatni boy berdi (0,5 - 3,5).

Ayollar jamoalarimizning 8-turdagi raqiblari:

O‘zbekiston-1 (11 ochko) - Niderlandiya (11 ochko)
O‘zbekiston-2 (10 ochko) - Kuba (8 ochko)
O‘zbekiston-3 (8 ochko) - Yamayka (8 ochko)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:44, 23.09.2026.
O'qildi: 1573 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик