"Manchester Yunayted" 2025/26 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotini e’lon qildi.
Business Wire ma’lumotiga ko‘ra, "MYU" yevrokuboklarda ishtirok etmaganiga qaramay, yillik tushum bo‘yicha klub rekordini yangiladi. Manchesterliklarning daromadi 677,6 million funtni tashkil qildi. Avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich 666,5 million funt edi.
Klubda moliyaviy natijalar yaxshilanishini xarajatlar va xodimlar sonining qisqartirilgani, shuningdek, jamoaning Angliya Premyer-ligasida nisbatan muvaffaqiyatli ishtirok etgani bilan izohlashmoqda.
O‘tgan mavsum yakunida "Manchester Yunayted" Angliya chempionatida uchinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasiga qaytgan edi.
Yangi mavsumda esa besh turdan keyin "MYU" 5 ochko bilan Premyer-liga turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.













