Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Mbappe Olisening «Real»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Maykl Olisening Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga o‘z munosabatini bildirdi.

O‘tgan yozda turli manbalar fransuz vingerining «qirollik» klubiga o‘tish uchun «Bavariya»ni tark etish istagi borligi haqida xabar berishgan edi. Ehtimoliy bitim Florentino Peres uchun «orzudagi transfer» deb atalgandi.

«Men bu xabarlarni eshitdim. Menda ham shunga o‘xshash holat bo‘lgan: «PSJ»da o‘ynab yurganimda matbuotda sanoqsiz xabarlar paydo bo‘lardi. Menimcha, agar Olisega ketishni maslahat bersam, bu «Bavariya»ga nisbatan hurmatsizlik va noto‘g‘ri ish bo‘lar edi. Ayniqsa, «Bavariya» Maykl juda ko‘p narsaga erishishi mumkin bo‘lgan buyuk klub ekanini hisobga olsak. Albatta, hamma uni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlardi. U juda ajoyib o‘yinchi», — deydi Mbappe so‘zlarini Bayern & Germany.

Maykl Olisening myunxenliklar grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 06:52, 23.09.2026.
O'qildi: 2510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик