Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Oksana Chusovitina Osiyo o‘yinlarida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Oksana Chusovitina Osiyo o‘yinlarida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik sport afsonasi, 51 yoshli Oksana Chusovitina Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida o‘tayotgan 2026-yilgi Osiyo o‘yinlarida tayanib sakrash dasturi bo‘yicha finalga yo‘llanma oldi.

Musobaqaning saralash bosqichida muvaffaqiyatli qatnashgan Chusovitina 13.266 ball to‘plagan holda 4-o‘rinni egalladi va final masalasini ijobiy hal qildi. Oksana Chusovitina ishtirokidagi tayanib sakrash bo‘yicha final bahslari 24-25 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan​.

O‘zining yettinchi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan Oksana sog‘lig‘i imkon bersa, sportdan ketish niyatida emasligini bildirdi. 22 sentyabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda sportchi 2028-yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida qatnashish maqsadi borligini ma’lum qilgan.

“Men 2028-yilgi Olimpiadaga yo‘llanma olishga harakat qilaman. Bu — sport, bu — gimnastika. Agar imkoni bo‘lsa, Los-Anjelesda bo‘ladigan Yozgi olimpiadada ham qatnashishga urinib ko‘raman. Xullas, ha, yo‘llanmani qo‘lga kiritishga harakat qilaman”, deydi Chusovitina.

Ma’lumot uchun, agar Oksana Chusovitina ushbu maqsadiga erishsa, 2028 yil Los-Anjeles bo‘ladigan musobaqa o‘zbekistonlik gimnastikachi uchun faoliyatidagi to‘qqizinchi Olimpiada bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 00:30, 23.09.2026.
O'qildi: 2741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик