Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe 2017 yilda «Monako»dan «Liverpul»ga o‘tishga yaqin bo‘lganini aytib berdi.
«Men «Liverpul»ga o‘tishga yaqin edim. Onam Yurgen Kloppning katta muxlisi edi va men uchun uning eng yoqtirgan varianti «Liverpul» edi. U o‘sha yerga o‘tishimni xohlagandi.
U muzokaralarning birinchi bosqichi uchun u yerga jo‘nab ketdi. Shaharda, stadionda bo‘ldi, odamlar bilan tanishdi. U: «Bu ajoyib klub, hamma juda mehribon, bu oilaviy klub, katta klub», derdi.
Esimda, u Klopp o‘z loyihasi haqida gapirib berayotganda, biz samolyotda aylanib uchib yurgandik.
Men aytdim: «Meni ishontirishingiz shart emas. Siz — Yurgen Kloppsiz, bu — «Liverpul», buyuk klub. Albatta, modomiki shu yerda ekanman, demak qiziqishim bor. Lekin menda boshqa narsalar, boshqa yaxshi loyihalar ham bor».
Bu qiziqarli tarix. Lekin yakunda men «PSJ»ga o‘tishga qaror qildim, chunki Parijda tug‘ilib o‘sgan inson sifatida men uchun o‘z jonajon shahrimda yulduz bo‘la olishimni isbotlashdan ko‘ra yaxshiroq narsa yo‘q edi», — deydi Mbappe.
Yakunda 18 yoshli Mbappe Fransiyada qolishga va faoliyatini «PSJ»da davom ettirishga qaror qilgan. Parijliklar dastlab hujumchini «Monako»dan 2017/18 yilgi mavsum uchun ijaraga olishgan, so‘ngra uning transferini 180 million yevroga sotib olishgan. Fransuz «PSJ» safida 2024 yilgacha to‘p surdi, shundan so‘ng Madridning «Real» klubiga ko‘chib o‘tdi.













