Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

Romano: "Barselona" transfer bozoridagi ishlarini yakunladi

Romano: "Barselona" transfer bozoridagi ishlarini yakunladi

Baho:
+ | -

"Barselona" 2026 yilgi yozgi transfer oynasida boshqa xaridni amalga oshirishni rejalashtirmayapti. Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar transfer bozoridagi ishlarini yakunlagan va favqulodda vaziyat yuzaga kelmasa, asosiy jamoaga yangi futbolchi kelmaydi.

"Barselona"ning dedlayn kunidagi so‘nggi transferi Gabriel Jezus bo‘ldi. Kataloniya klubi 1 sentyabr kuni 29 yoshli braziliyalik hujumchini "Arsenal"dan sotib olganini rasman e’lon qildi. Jezus bilan 2029 yil 30 iyungacha shartnoma imzolandi. Britaniya matbuoti transfer qiymatini taxminan 10 mln yevro deb baholamoqda.

Yoz davomida "Barselona" asosiy tarkibini bir qator nomdor futbolchilar bilan kuchaytirdi. Entoni Gordon, Karim Adeyemi, Rodri, Joau Kanselu va Dominik Livakovich ham Hansi Flik jamoasiga kelib qo‘shildi.

Shu bilan birga, klub tarkibni sezilarli darajada tozaladi. Ronald Arauxo "Liverpul"ga, Mark-Andre ter Shtegen "Ayaks"ga ijaraga berildi. Ferran Torres "PSJ"ga sotildi, Ansu Fati, Inyaki Penya, Jofre Torrents va Ektor Fort ham klubni tark etdi.

Shu tariqa, "Barselona" endi e’tiborini mavjud tarkib bilan 2026/27 mavsumidagi vazifalarga qaratadi.

Kiritildi: 18:59, 01.09.2026.
O'qildi: 2911 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик