Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Barcha pul kimning cho‘ntagiga ketyapti?" — Messining xayrlashuv o‘yini atrofida mojaro chiqdi

"Barcha pul kimning cho‘ntagiga ketyapti?" — Messining xayrlashuv o‘yini atrofida mojaro chiqdi

Baho:
+ | -

Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. "Albiseleste"ning raqibi Benin terma jamoasi bo‘ladi.

The Touchline xabariga ko‘ra, Messining xalqaro faoliyatidagi so‘nggi o‘yin atrofida mojaroli vaziyat yuzaga kelgan. Benin terma jamoasi mezbon tomon taqdim etgan sharoitlardan norozilik bildirmoqda.

Benin tomonining shikoyatlari orasida ekonom-klassda uchish, yashash sharoitlarining yomonligi, to‘liq jihozlangan trenajyor zali yo‘qligi, mehmonxonaning bir qavatida issiq suv bo‘lmasligi va hatto saunaning ishlamasligi ham bor.

Shuningdek, Argentina futbol assosiasiyasi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun xarajatlarni kamaytirish va daromadni oshirish maqsadida atayin kichik Afrika terma jamoalarini raqib sifatida tanlayotgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan.

"Benin terma jamoasidan savol: "Messining bu ulkan xayrlashuv uchrashuvidan tushadigan barcha pul kimning cho‘ntagiga ketyapti?"" — deb yozadi The Touchline.

Argentina — Benin uchrashuvi 7 oktyabr kuni O‘zbekiston vaqti bilan soat 04:00 da boshlanadi.

Lionel Messi Argentina terma jamoasi bilan Jahon chempionati, ikki marta Amerika kubogi va Finalissima g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 17:45, 05.10.2026.
O'qildi: 2483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик