Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Yamal nega Golden Boy nomzodlari qatoriga kiritilmadi?

Yamal nega Golden Boy nomzodlari qatoriga kiritilmadi?

Baho:
+ | -

Dushanba kuni Golden Boy sovrini uchun kurash olib boradigan 25 nafar futbolchi ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu mukofot Tuttosport nashri tomonidan 2003 yildan buyon 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchiga topshirib kelinadi.

Bu yilgi nomzodlar orasida «Barselona» va Ispaniya terma jamoasida yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatayotgan 19 yoshli Lamin Yamal yo‘q.

Buning sababi oddiy — Golden Boy qoidalariga ko‘ra, bir futbolchi ushbu sovrinni ikki marta qo‘lga kirita olmaydi. Yamal esa mukofotni 2024 yilda qo‘lga kiritgan.

So‘nggi besh yilda Golden Boy sovrini Pedri, Gavi, Jud Bellingem, Lamin Yamal va Dezire Duega nasib etgan.

Kiritildi: 08:34, 06.10.2026.
O'qildi: 1329 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик