Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Myuller "Oltin to‘p" uchun ikki asosiy favoritni ajratib ko‘rsatdi

Myuller "Oltin to‘p" uchun ikki asosiy favoritni ajratib ko‘rsatdi

Baho:
+ | -1

"Vankuver Uaytkeps" safida to‘p surayotgan mashhur germaniyalik futbolchi Tomas Myuller 2026 yilgi "Oltin to‘p" uchun ikki asosiy da’vogarni aytdi.

Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi fikricha, nufuzli individual sovrin "Bavariya" vingeri Maykl Olise yoki "Real" hujumchisi Kilian Mbappega nasib etishi kerak.

"Ular tomoshabop o‘yinni darvoza uchun katta xavf bilan uyg‘unlashtira oladi. O‘z mahorati va kuch-quvvati hisobiga juda samarali harakat qiladi, biroq bularning barchasi go‘yo juda osondek ko‘rinadi. Menimcha, dunyoning eng yaxshi futbolchisi degan tushuncha aynan shunday sifatlardan shakllanadi", — dedi Myuller.

"Oltin to‘p" 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan marosimda topshiriladi. Sovrinning amaldagi sohibi — Fransiya terma jamoasi va "PSJ" vingeri Usmon Dembele.

Kiritildi: 13:12, 05.10.2026.
O'qildi: 2109 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик