Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Olise Sherkining fintini takrorlay olmadi (Video)

Olise Sherkining fintini takrorlay olmadi (Video)

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi vingeri Maykl Olise Belgiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvi oldidan jamoadoshi Rayan Sherki ijrosidagi fintni takrorlashga urinib ko‘rdi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi.

«Manchester Siti» futbolchisi o‘yin oldidan qizish mashqlari vaqtida «Bavariya» yulduzi ko‘z o‘ngida murakkab tryukni bajardi.

The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, Olise odatdagidek xotirjam holda shu fintni bir necha bor takrorlashga harakat qildi, ammo muvaffaqiyat qozona olmadi. Sherki esa uning yonida turib, tabassum bilan kuzatdi.

Biroq o‘yinning o‘zida Olise mahoratiga hech qanday shubha qoldirmadi. U Fransiya 0:1 hisobida ortda borayotgan paytda, 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Avvaliga Olise aynan Sherkiga golli uzatma berdi, keyin esa o‘zi ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Yakunda Fransiya 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 08:48, 06.10.2026.
O'qildi: 1211 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик