Hujumchi Darvin Nunyes «Al-Hilol»dan «Al-Diriya»ga ijara asosida o‘tganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«So‘nggi yarim yil men uchun juda qiyin kechdi, chunki maydonga tusha olmadim. Bunday holatni hech kimga ravo ko‘rmayman. Futbolga qaytganimdan juda xursandman. Biz, futbolchilar, maydonda raqobatlashishni va o‘yindan zavq olishni yaxshi ko‘ramiz», — deya urugvaylik hujumchining so‘zlarini Goal portali keltirdi.
Joriy mavsumda Nunyes Saudiya Arabistoni chempionatida 2 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
To‘rt turdan keyin Darvin Nunyesning jamoasi turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.













