Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

«Barselona» «Atletiko» futbolchisi Yamal bilan ajoyib juftlik hosil qilishiga ishonmoqda

«Barselona» «Atletiko» futbolchisi Yamal bilan ajoyib juftlik hosil qilishiga ishonmoqda

Baho:
+ | -

«Barselona» o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasiga yangi futbolchi sotib olishi mumkin. El Nacional nashri ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklarga «Atletiko» futbolchisi Mark Pubil yoqmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bir nechta pozisiyada o‘ynay oladigan himoyachilarni qadrlaydi. Pubil ham o‘ng qanotda, ham markaziy himoyada harakat qila oladi.

Qayd etilishicha, Pubil o‘ng qanotda Lamin Yamal bilan yaxshi hamjihatlikda o‘ynashi mumkin. Yulduz vinger uchun uning qanotidagi himoyachi muayyan xususiyatlarga ega bo‘lishi, jumladan, qachon hujumga qo‘shilish va qachon bo‘sh hudud yaratish kerakligini tushunishi muhim.

Mark Pubilning ehtimoliy transferiga uning narxi to‘sqinlik qilishi mumkin. «Atletiko» 23 yoshli himoyachini o‘z loyihasining muhim futbolchisi deb hisoblaydi. Hatto 80 million yevro ham Pubilni sotib olish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Kiritildi: 18:42, 03.10.2026.
O'qildi: 2427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик