Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekistonlik chempion va murabbiylarga beriladigan mukofotlar ma’lum

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekistonlik chempion va murabbiylarga beriladigan mukofotlar ma’lum

Baho:
+ | -

Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar davlat tomonidan bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, oltin medal sohibi 25 ming AQSH dollari, kumush medal olgan sportchi 12,5 ming dollar, bronza medal uchun esa 6 250 dollar miqdorida mukofot puli oladi.

Sportchilarni musobaqaga tayyorlagan murabbiylar uchun ham alohida rag‘batlantirish belgilangan. Chempion sportchi murabbiyiga 10 ming dollar, kumush medal sohibi ustoziga 5 ming dollar, bronza medal uchun esa 2,5 ming dollar beriladi.

Ushbu miqdorlar prezidentning 2026 yil 21 sentyabrdagi PQ–347-son qarori bilan belgilangan.

Ayni paytda O‘zbekiston delegasiyasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza — jami 70 ta medal bilan umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:24, 03.10.2026.
O'qildi: 6565 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик