«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jarohatdan tiklanish jarayonida Kilian Mbappening xatti-harakatidan norozi bo‘lgan. Bu haqda Footmercato Marca nashriga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassisni fransuz hujumchisining safarlari, shuningdek, mashg‘ulotdan keyin dushanba kuni Madridga qaytgani qoniqtirmagan.
Mourinyoni, ayniqsa, Mbappening Shveytsariya Alplarida velosiped sayriga chiqishga qaror qilgani g‘azablantirgani aytilmoqda. Portugaliyalik mutaxassis jarohat olish xavfi tufayli velosiped haydashni o‘z futbolchilari uchun mos mashg‘ulot deb hisoblamaydi.
Mbappe Turkiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvida (1:0) jarohat olganidan so‘ng Fransiya terma jamoasi qarorgohini muddatidan oldin tark etgan. O‘sha bahsda hujumchi yagona golni urgan.
Madridga qaytganidan so‘ng Mbappe Parijga borib, sevgilisi Ester Eksposito bilan tungi klubda vaqt o‘tkazgan, keyin esa Shveysariya Alplariga yo‘l olgan.













