Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Tottenxem" 100 million yevrolik hujumchini qaytarmoqchi

"Tottenxem" 100 million yevrolik hujumchini qaytarmoqchi

Baho:
+ | -

Londonning "Tottenxem" klubi hozirda Ispaniyaning "Betis" jamoasida to‘p surayotgan o‘z tarbiyalanuvchisi Troy Perrottni qaytarishni istamoqda. Bu haqda Estadio Deportivo xabar berdi.

Biroq "Betis"da yaqinda jamoaga kelib qo‘shilgan hujumchining ehtimoliy ketishi borasida xavotir yo‘qligi aytilmoqda. Sababi, irlandiyalik futbolchining shartnomasida 100 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan.

Perrottning "Betis" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan.

O‘tgan yozda "Betis" hujumchini atigi 16 million yevroga xarid qilgan edi. U sevilyaliklar safida barcha musobaqalar hisobida yettita uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:24, 07.10.2026.
O'qildi: 1286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик