O‘zbekiston Milliy terma jamoasi sentyabr-oktyabr oylariga mo‘ljallangan yig‘in doirasidagi so‘nggi o‘yinini Koreya Respublikasiga qarshi safarda o‘tkazdi va 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Bahsning 7-daqiqasida Son Hyon Min jarima zarbasidan gol urdi. 60-daqiqada O Se-Hun jarima maydonchasi ichida ikkinchi qavatdagi kurashda g‘olib chiqib, ikkinchi golni kiritdi.
Vakillarimiz uchrashuv yakuniga qadar hisobni qisqartirishga harakat qildi, ammo buni uddalay olmadi.
Kannavaro shogirdlari avvalroq Eronni 3:1 hisobida, Suriyani 4:1 hisobida mag‘lub etgan edi.













