"Real" o‘z yarim himoyachilaridan biri bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda jurnalist Jorje Pikon xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Madrid klubi Orelyen Tchuamenini sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
"Real" yozda Rodrini o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurash olib borgan paytda ham aynan Tchuamenini sotishni rejalashtirgan. OAVda yozilganidek Eduardo Kamavinga emas.
Qayd etilishicha, hozir ham vaziyat deyarli o‘zgarmagan. Agar "Real"da elita darajasidagi yarim himoyachini xarid qilish imkoniyati paydo bo‘lsa, Tchuameni sotuvga qo‘yiladi, Kamavinga esa jamoada qoladi.













