Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Portugaliyalik yurist: «Ronalduni diskvalifikasiya qilish bo‘yicha qaror tezda chiqariladi»

Portugaliyalik yurist: «Ronalduni diskvalifikasiya qilish bo‘yicha qaror tezda chiqariladi»

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi qarorgohini o‘zboshimchalik bilan tark etgani uchun diskvalifikasiyadan qochib qutula olmaydi. Bu haqda yurist Gonsalu Almeyda ma’lum qildi.

U Portugaliya Futbol federasiyasining nizomiga tayandi. Unda bunday harakatlar uchun qo‘llaniladigan jazo choralari aniq belgilab qo‘yilgan.

«Federasiyaning intizom kengashi tomonidan ish ochilishi kerak. Unda tomonlarning tortishuv tamoyili inobatga olingan holda, Krishtianu xabardor qilinadi va o‘z pozisiyasini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shundan so‘ng qaror chiqariladi va menimcha, bu qaror juda tez qabul qilinadi», — deya Almeydaning so‘zlarini A Bola keltirdi.

Yuristning ta’kidlashicha, dastlab futbolchini milliy jamoa safida ishtirok etishdan chetlatishlari kerak. Ammo amalda bu allaqachon amalga oshirilgan.

Ronalduning o‘zi ham avvalroq jazoni qabul qilganini bildirib, kelajakda milliy jamoaga foyda keltirishga tayyor ekanini ta’kidlagan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:41, 08.10.2026.
O'qildi: 1910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик