Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Mbappening "Real"dan ketish ehtimoli oshdi

Mbappening "Real"dan ketish ehtimoli oshdi

Baho:
+2 | -

Fransiya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Uning xizmatlariga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.

TeamTalk nashri insayder Fransua Galyardoga tayanib xabar berishicha, mersisaydliklar allaqachon futbolchining onasi Fayza Lamari bilan bog‘langan.

Manbaga ko‘ra, Mbappe "Real" kiyinish xonasida yetarlicha mehr va qo‘llab-quvvatlashni his qilmayapti. Bu esa futbolchiga jiddiy noqulaylik tug‘dirmoqda.

Bundan tashqari, Mbappe Ispaniya grandida o‘tkazgan ikki mavsumi davomida hali yirik sovrin qo‘lga kirita olmagan.

Avvalroq "Liverpul" kelasi yozda fransuz futbolchisini 250 million yevroga sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kilian Mbappe 2024 yil yozidan buyon Madridning "Real" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 12:57, 07.10.2026.
O'qildi: 2065 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик