Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashdan oldin muxlislar bilan maydonda xayrlashmoqchi ekanini tasdiqladi.
«Terma jamoadagi faoliyatimni munosib yakunlashim va xayrlashuv o‘yini o‘tkazishim kerakligi haqida ko‘p bor gaplarni eshitganman. Federasiya ham menga bunday imkoniyat berishga tayyor. Muxlislarga, birinchi navbatda, portugaliyaliklarga va’da beraman: bunday o‘yinlardan biri yoki bir nechtasi albatta bo‘lib o‘tadi. Ammo buning vaqti hali keladi. Hozircha esa terma jamoa men uchun, avvalo, kurash va raqobat bilan bog‘liq», — dedi Ronaldu.
Ronaldu 30 sentyabr kuni Daniyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvidan bir kun oldin Portugaliya terma jamoasi ixtiyorini tark etgan. Jorje Jezush uni Norvegiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushirishga va’da bergani ma’lum edi, ammo bu amalga oshmadi.













