Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush hujumchi Krishtianu Ronalduning milliy jamoadagi voqealar va qarorgohni tark etish sabablari haqidagi bayonoti yuzasidan berilgan savolga javob qaytardi.
41 yoshli futbolchi Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi 4:2 hisobida yakunlangan uchrashuv oldidan Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etgan edi. Jezush mazkur bahsda Ronalduni zaxira o‘rindig‘ida qoldirishni rejalashtirgan. Bunga qadar hujumchi Norvegiyaga qarshi safardagi 2:1 hisobida yakunlangan o‘yinda ham maydonga tushmagandi.
«Men Leyriyada edim, yoshlar terma jamoasining o‘yinini tomosha qildim. Hozir bayonotni o‘qib chiqaman, hozircha aytadigan gapim yo‘q», — deya Jezushning so‘zlarini A Bola nashri keltirdi.
Ronaldu o‘z bayonotida murabbiy unga bergan va’dasini ikki marta buzganini ma’lum qildi. Shuningdek, u Daniyaga qarshi o‘yin oldidan Jezushning matbuot anjumani uchun kelishilgan asosiy fikrlarni ham sanab o‘tdi.













