Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Argentina — Benin uchrashuvini sharmandali deb atadi

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Argentina — Benin uchrashuvini sharmandali deb atadi

Baho:
+3 | -

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kristof Dyugarri Argentina va Benin o‘rtasidagi uchrashuv qanday tashkil etilganidan norozi bo‘ldi.

«Bu voqeadan hech kim pul ishlamayapti, degan tasavvurni yaratish kerak emas. Bu yerda hamma manfaat ko‘ryapti. Afrikalik futbolchilarga hech qanday hurmat yo‘q, muxlislarga ham hurmat yo‘q, umuman hech kimga hurmat yo‘q. Bu Janni Infantinoning haqiqiy qiyofasi. Bu sharmandali o‘yin», — deya Dyugarrining so‘zlarini RMC Sport keltiradi.

Avvalroq Benin Argentinaga qarshi o‘yinda ishtirok etgani uchun haq olmasligi, shuningdek, chiptalar, teletranslyasiya huquqlari va homiylik tushumlaridan ulushga ega bo‘lmasligi xabar qilingan edi. Argentina tomoni faqat delegasiyaning aviaparvoz va yashash xarajatlarini qoplashi kerak bo‘lgan.

Argentina — Benin uchrashuvi 7 oktyabr kuni Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 19:03, 06.10.2026.
O'qildi: 1223 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик