Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Muxlislar Tuxelni ayblamoqda

Muxlislar Tuxelni ayblamoqda

Baho:
+ | -

«Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott Angliya terma jamoasi ixtiyorida jiddiy jarohat oldi.

23 yoshli futbolchi Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi 7:0 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng jarohatlangan. U mazkur bahsda 70 daqiqa maydonda harakat qilgan.

The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, muxlislar Angliya terma jamoasi murabbiylar shtabining Skottga berilgan o‘yin vaqtidan norozi. Ularning fikricha, futbolchi Xorvatiyaga qarshi bahs oldidan ham noqulaylik his qilgani uchun jarohatning oldini olish mumkin edi.

Kutilishicha, Aleks Skott taxminan ikki oy maydonga tusha olmaydi.

«Bornmut» futbolchisi Angliya terma jamoasidagi debyutini 29 sentyabr kuni Chexiyaga qarshi uchrashuvda o‘tkazgan edi.

Kiritildi: 08:45, 06.10.2026.
O'qildi: 834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик