Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Endrik «Real»ni tark etishga rozi bo‘ldi — uning yangi klubi ma’lum

Endrik «Real»ni tark etishga rozi bo‘ldi — uning yangi klubi ma’lum

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik qishki transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin. Braziliyalik futbolchi faoliyatini Italiyaning «Milan» klubida davom ettirishga rozilik bergani xabar qilinmoqda.

Avvalroq «Milan» rahbariyati 20 yoshli hujumchini yanvar oyida ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘lgan edi.

La Gazzetta dello Sport nashrining yangi ma’lumotlariga ko‘ra, Endrik «Milan»ga o‘tish taklifini ma’qullagan. Endi transferning amalga oshishi asosan «Real» rahbariyatining qaroriga bog‘liq.

Agar Madrid klubi braziliyalik futbolchining ketishiga ruxsat bersa, «Milan» uning uchun asosiy tanlovga aylanadi.

Endrikning jamoani o‘zgartirish istagiga o‘yin amaliyoti yetishmayotgani sabab bo‘lishi mumkin.

20 yoshli hujumchi joriy mavsumda Ispaniya chempionati doirasida atigi bitta uchrashuvda maydonga tushdi va unda bor-yo‘g‘i to‘rt daqiqa harakat qildi.

Shu sababli futbolchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida boshqa klubga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, Endrikning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:18, 08.10.2026.
O'qildi: 4864 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик