Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodriges Lionel Messining rafiqasi Antonella Rokusso ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan postga munosabat bildirdi.
Jorjina 39 yoshli argentinalik futbolchining milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlashiga bag‘ishlangan publikasiya ostida uchta so‘zdan iborat izoh qoldirdi.
"Qanday ajoyib post, oila", — deb yozdi Rodriges.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.
Lionel Skaloni boshchiligidagi jamoa Beninga qarshi o‘rtoqlik bahsida 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Messi ushbu uchrashuvda bir gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida jami 208 ta o‘yin o‘tkazib, 126 ta gol muallifi bo‘lgan.













