"Barselona" ob-havo sharoiti yomonlashgani sabab ayollar o‘rtasidagi Ispaniya chempionati doirasida Madridning "Real" klubiga qarshi o‘yin boshlanish vaqtini o‘zgartirishni so‘rab, La Liga rahbariyatiga murojaat qildi.
Uchrashuv 4 oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Dastlab bahs soat 20:00 ga (TSHV) belgilangan edi, ammo Sport nashri ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar uni bir soatga kechiktirishni istamoqda.
"Barselona" uchrashuvni eng maqbul sharoitda o‘tkazish uchun qo‘shimcha vaqtga ega bo‘lishni xohlamoqda.
"Barselona" bosh murabbiyi Pere Romeu hozircha o‘yin vaqtidagi ehtimoliy o‘zgarishlar haqida ma’lumotga ega emasligini bildirdi.
Uning shogirdlari chempionatdagi 5 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Real" esa 13 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.













