Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Krishtianu Ronalduning milliy jamoadagi gollar bo‘yicha rekordini yangilash imkoniyatiga baho berdi.
33 yoshli futbolchi Millatlar ligasida Chexiyaga qarshi 3:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda dubl qayd etdi. Endi uning Angliya terma jamoasi safida 125 ta o‘yinda 91 ta goli bor.
Terma jamoalar tarixidagi eng ko‘p gol urish rekordi Krishtianu Ronalduga tegishli. Portugaliyalik futbolchi milliy jamoa safida 234 ta uchrashuvda 146 ta gol urgan.
«Avvalo 100 ta gol marrasiga yetib olishim kerak, keyin ko‘ramiz. Albatta, Ronalduning rekordini yangilash mumkin. Men 30 yoshdan ancha o‘tganidan keyin ham eng yuqori darajada o‘ynagan ko‘plab futbolchilarni ko‘rganman», — deya Keynning so‘zlarini The Touchline keltirdi.
Seshanba kuni «Bavariya» hujumchisi Angliya terma jamoasida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha sobiq darvozabon Piter Shiltonning rekordini ham takrorladi.













