Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Aichi-Nagoya-2026. Taxmina Ikromova Osiyo O‘yinlarining ikki karra chempioniga aylandi

Aichi-Nagoya-2026. Taxmina Ikromova Osiyo O‘yinlarining ikki karra chempioniga aylandi

Baho:
+ | -

XX Osiyo o‘yinlarining badiiy gimnastika bo‘yicha individual ko‘pkurash bahslariga yakuniga yetdi. Ikki kun avval o‘tkazilgan saralash bosqichida 3-o‘rinni egallab finalga yo‘l olgan Taxmina Ikromova bugun medallar uchun o‘tkazilgan bahslarda chempionlikni qo‘lga kiritdi.

U 4 ta yo‘nalishning (to‘p, halqa, bulava va lenta) barchasida yuqori ballarni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz jami 112.950 ball to‘plab, yaqin ta’qibchisini 2,900 ballga ortda qoldirdi. Musobaqada kumush va bronza medallarini xitoylik sportchilarga nasib etdi.

Ikromova Xanchjou-2022 musobaqasida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegasiyasining medallarini soni 67 taga yetdi — 21 ta oltin, 23 ta kumush va 23 ta bronza.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:18, 03.10.2026.
O'qildi: 1529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик