Ispaniya chempionatining navbatdagi turida «Barselona» «Xetafe»ga qarshi maydonga tushadi. Kataloniyaliklar g‘alaba qozonsa, klub tarixidagi La Ligadagi eng yaxshi start natijasini takrorlaydi.
Hozircha rekord 2013 yilgi mavsumga tegishli. O‘shanda Tata Martino boshchiligidagi «Barselona» chempionatni ketma-ket sakkizta g‘alaba bilan boshlagan edi. Ular orasida «Levante» ustidan 7:0, shuningdek, «Rayo Valyekano» va «Real Sosyedad»ga qarshi 4:0 hisobidagi g‘alabalar ham bor edi.
Biroq o‘sha mavsum yakunida chempionlikni Madridning «Atletiko» klubi qo‘lga kiritgan. «Barselona» undan uch ochko ortda qolib, «Real» bilan bir xil ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egallagan.













