Ispaniya terma jamoasi milliy jamoalar o‘rtasida mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu natija Yevropa millatlar ligasi «A» divizioni 3-guruhi 3-turida Chexiyaga qarshi uchrashuvda qayd etildi.
Ovyedodagi «Nuevo Karlos Tartyere» stadionida o‘tgan bahsda Ispaniya 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ispanlar safida Lamin Yamal 6-daqiqada, Rodri 35-daqiqada va Mikel Merino 89-daqiqada gol urdi. Chexiyaning yagona goliga esa Irji Slama 69-daqiqada mualliflik qildi.
Shu tariqa, Chexiya ustidan qozonilgan g‘alaba Ispaniya uchun mag‘lubiyatsiz ketma-ket 41-o‘yin bo‘ldi.
3-turdan so‘ng Ispaniya 9 ochko bilan 3-guruh turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Chexiya esa uchta uchrashuvdan keyin ochko jamg‘ara olmagan va 4-o‘rinda bormoqda.













