Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

"Barsa" "Siti"dagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda - ularga bir futbolchi kerak

"Barsa" "Siti"dagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda - ularga bir futbolchi kerak

Baho:
+ | -

"Barselona" "Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Avvalroq Kataloniya klubi xorvatiyalik futbolchini transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqqan, ammo o‘sha paytda Gvardiol "Siti"ni tark etish niyatida emas edi. Endi esa vaziyat o‘zgarishi mumkin. "Shaharliklar" Angliya Premyer-ligasida jiddiy moliyaviy qoidabuzarliklarda aybdor deb topilgan va klubga ochkolarni olib tashlash yoki hatto musobaqadan chetlatishgacha bo‘lgan jazolar tahdid qilmoqda.

Gvardiol "Manchester Siti" safida 2023 yil avgustidan beri to‘p surib kelmoqda. U jamoaga Germaniyaning "RB Leypsig" klubidan kelib qo‘shilgan. 2026 yil iyulida himoyachi "shaharliklar" bilan shartnomasini uzaytirgan va yangi kelishuv 2031 yil yoziga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda 24 yoshli Gvardiol "Manchester Siti" safida 7 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali xorvatiyalik futbolchini 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:12, 03.10.2026.
O'qildi: 1868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик