Braziliya terma jamoasi safarda Hindistonga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida 4:0 hisobida yirik g‘alaba qozondi.
Mehmonlar safida Samuel Lino dubl qayd etdi. U 58 va 90+5-daqiqalarda gol urdi. Shuningdek, Estevao va Pedro ham bittadan gol kiritdi va ular golli uzatma bilan ham ajralib turdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Hindiston — Braziliya — 0:4 (0:2)
Gollar: Estevao, 28 (0:1), Pedro, 42 (0:2), Samuel Lino, 58 (0:3), Samuel Lino, 90+5 (0:4).














