«Manchester Siti» 2009–2018 yillar davomida moliyaviy qoidalarni ko‘p marta buzganlikda aybdor deb topilgan mustaqil komissiya qarori ustidan apellyasiya berganini e’lon qildi. Shu munosabat bilan Angliya Premyer-ligasi rasmiy bayonot berdi.
APL apellyasiya bo‘yicha muhokama yopiq tarzda o‘tkazilishini ma’lum qildi.
«Mustaqil apellyasiya komissiyasi majlisi uning yakunlarini e’lon qilishga ruxsat berilgunga qadar yopiq va maxfiy tarzda qoladi», — deyiladi APL bayonotida.
Ko‘rinib turibdiki, «Manchester Siti» bilan bog‘liq ushbu ish bo‘yicha jarayon hali ancha vaqt davom etishi mumkin.













