Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-1 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Fred ten Xag nima uchun Ronalduni "Manchester Yunayted"dan chetlatganini aytdi

Fred ten Xag nima uchun Ronalduni "Manchester Yunayted"dan chetlatganini aytdi

Baho:
+ | -

Avval «Manchester Yunayted» safida to‘p tepgan braziliyalik yarim himoyachi Fred «qizil iblislar»ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag haqida fikr bildirdi.

«U taktik jihatdan kuchli edi, ammo jamoa bilan munosabatda o‘zini juda qo‘pol tutardi. Ten Xag deyarli hamma bilan tortishardi — Ronaldu, Kazemiro, Reshford...

U ba’zida meni maydonga tushirmasdi va bu hatto meni stress holatiga olib kelardi. U ko‘proq o‘z vatandoshlariga ishonch bildirardi.

Ten Xag Ronalduni tarkibdan chetlatib, shundan keyin jamoa yaxshiroq harakat qiladi, deb umid qilgan edi. Ammo bu qarordan so‘ng jamoa ichida kelishmovchiliklar boshlandi», — dedi Fred ESPN nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Erik ten Xag 2022 yildan 2024 yilga qadar «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.

Kiritildi: 10:04, 03.10.2026.
O'qildi: 896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик