"Valensiya" "Liverpul" yarim himoyachisi Xarvi Elliottni ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi. Kelishuv 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar mo‘ljallangan.
23 yoshli Elliott "Fulxem" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Angliya Premyer-ligasida 16 yoshida debyut qilgan. 2019 yilda esa "Liverpul" safiga o‘tgan.
Yarim himoyachi mersisaydliklar tarkibida 149 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Ular orasida Angliya chempionligining ikki karra g‘olibligi ham bor.
Elliott Angliya yoshlar terma jamoasi safida ikki marta Yevropa chempioni bo‘lgan. 2025 yilgi musobaqada esa u turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Xarvi Elliottning bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.













