«Liverpul» «Genk» bilan 18 yoshli belgiyalik darvozabon Lyukka Bryugmansning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bitim qiymati bonuslarni ham hisobga olganda 35 million yevroni tashkil etadi. Bryugmans Angliya klubi bilan 2032 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Shu bilan birga, darvozabon 2026/27 yilgi mavsumni ijara asosida «Genk»da o‘tkazadi va «Liverpul» safiga faqat kelasi yozda qo‘shiladi.
Bo‘yi 2 metr bo‘lgan Bryugmans joriy mavsumda «Genk»ning barcha 4 ta o‘yinida maydonga tushdi. Ushbu bahslarda 8 ta gol o‘tkazib yubordi va 1 ta uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqladi.
Xalqaro miqyosda futbolchi Belgiyaning barcha yosh toifasidagi terma jamoalarida o‘ynagan.













