Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Serxio Aguero "PSJ" forvardi Lionel Messini himoya qildi. Eslatib o‘tamiz, Leo "Real"ga qarshi o‘yinda penaltidan unumli foydalana olmagani uchun Fransiya matbuot tomonidan keskin tanqidga uchradi.
«Ha, Messi penaltidan gol ura olmadi, ammo u maydonda foydali harakat qildi. U mening do‘stim bo‘lgani uchungina gapirmayapman. U faol o‘ynadi va jamoasiga yordam berdi. Penaltidan gol ura olmaslik? Bunday holat har bir o‘yinchi bilan yuz berishi mumkin.
Fransiya matbuotining Messiga munosabati meni hayron qoldirdi. Jurnalistlar Messini ko‘mib tashlashmoqda. Ular shunchaki havaskor. Menda Fransiya nashri bilan intervyu rejalashtirilgandi. Ammo ularga rad javobini berdim. Boisi, Messini qo‘llab-quvvatlayman», - dedi Aguero.