Futzal bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-19) Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan CAFA chempionatida ishtirok etmoqda.
Musobaqaning 3-tur doirasida O‘zbekistonning yosh futzalchilari Afg‘oniston yoshlari bilan bahs olib bordi. Furqat Xayrulloyev shogirdlari raqibiga 8:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Avvalroq o‘zbekistonliklar Tojikiston ustidan (3:1) g‘alaba qozonib, Qirg‘iz Respublikasi futzalchilariga 9:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
CAFA U-19 futsal championship—2022
3-tur bahsi. 17 fevral, payshanba
Afg‘oniston — O‘zbekiston 8:1
Gollar: 1:0 — 11 Nurulloh Nazariy, 2:0 — 13 Said Mojtaba Husseyniy, 3:0 — 13 Said Mojtaba Husseyniy, 4:0 — 17 Hamidulloh G‘afuriy, 5:0 — 23 Said Mojtaba Husseyniy, 6:0 — 33 Said Mojtaba Husseyniy, 7:0 — 34 Abul Bashir Ahmadiy, 7:1 — 35 Doston Usmonov, 8:1 — 37 Muhammad Ali Mumtoz.
O‘zbekiston: Umidjon Mahramov, Samandar Murodqulov, Damir Mamadoliyev, Qosimjon Safarov, Daler Eshonqulov.
Zaxira: Arsentiy Machulko, Abdusattor Abdurahmonov, Baxtiyor Ramazonov, Shohruhxon Hasanov, Ruslan Soliyev, Mirshod Abdukarimov, Alan Ahmedov, Doston Usmonov.