"Komo" klubi hujumchisi Ettorio Gliossi B seriyaning 23-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Frozinone"ga qarshi o‘yinda chiroyli gol muallifiga aylandi.
Bahsning 28-daqiqasida mehmonlar burchak zarbasini amalga oshirishdi va futbolchilardan biri to‘pni bosh bilan darvoza maydoni yaqiniga yetkazdi. Gliossi esa "chayon" uslubida zarba berdi. Posbon zarbani qaytara olmadi.
"Komo" Ettorioning ushbu goli evaziga hisobni ochgandi. Yakunda esa mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.