«Liverpul» hujumchisi Diogu Jota «Norvich»ga qarshi o‘yinni jarohati tufayli o‘tkazib yuboradi.
Ammo uning Liga kubogi finalida «Chelsi»ga qarshi bahsda maydonga tushishi kutilyapti.
Portugaliyalikning YECHL 1/8 finalida «Inter»ga qarshi o‘yinda (2:0) to‘pig‘ining paylari shikastlangan edi. Keyinchalik jarohat avval taxmin qilinganidan ham jiddiyroq bo‘lib chiqdi.
Futbolchi shanba kungi APL doirasidagi «Norvich»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Klub Jotaning 27 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Liga kubogi finalida «Chelsi»ga qarshi o‘yinda tiklanishi mumkinligini istisno qilmadi.