Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 18:00 Vengriya 1-3 Shveysariya
15/06 20:00 Neftchi 1-1 Surxon
15/06 20:00 Qizilqum 3-3 Andijon
15/06 21:00 Ispaniya 3-0 Xorvatiya
15/06 23:59 Italiya - Albaniya
16/06 18:00 Polsha - Niderlandiya
16/06 20:00 So‘g‘diyona - Nasaf
16/06 20:00 Paxtakor - Navbahor
16/06 21:00 Sloveniya - Daniya
16/06 23:59 Serbiya - Angliya
17/06 18:00 Ruminiya - Ukraina
17/06 20:00 Lokomotiv - Dinamo
17/06 20:00 Olimpik - OKMK
17/06 21:00 Belgiya - Slovakiya
17/06 23:59 Avstriya - Fransiya

Sportda katta o‘zgarishlar davri: MOQga kim rahbar bo‘ladi?

Sportda katta o‘zgarishlar davri: MOQga kim rahbar bo‘ladi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun o‘zbek sportida yana katta o‘zgarishlar kuzatildi. O‘z vaqtida Turizm vazirligiga qo‘shib yuborilgan Sport vazirligi sal o‘zgargan nom bilan qayta tashkil qilindi. Yangi vazirlikka Adham Ikramov vazir etib tayinlandi. Kecha esa olimpiya qo‘mitasida rahbar iste’foga chiqqani xabar berildi. Tez orada bo‘shab qolgan o‘ringa yangi nomzod saylanadi. Hozircha kim bu lavozimni egallashi aniq emas, ammo allaqachon bu borada bahs-munozaralar, hattoki ba’zi joylarda piar-harakatlar boshlanib ketganini guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Aktual mavzuga to‘xtalish maqsadida bugun saytimizning telegram sahifasida so‘rovnoma o‘tkazdik. Unda MOQ rahbari sifatida ishlashi mumkin deb o‘ylagan (biz shunday hisoblagan) nomzodlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdik.

Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga kimni munosib deb hisoblaysiz? — degan savol bilan 7 nafar nomzodni muxlislar e’tiboriga havola qildik. Kimdir yetti nomzodni ham munosib ko‘rmasa, «boshqa nomzod» degan variantni ham tanlashi mumkin edi.

Agar siz so‘rovnomada qatnashgan bo‘lsangiz, natijalardan xabardorsiz, agar xabaringiz bo‘lmasa, quyidagi skrinshot orqali ovoz berish natijalaridan xabardor bo‘lishingiz mumkin. Bu yakuni natija emas, aniqrog‘i muxlislarning fikri desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Shunchaki bir so‘rovnoma natijalari xolos. Hech qanday rasmiy statusga ega emas.



Tez orada biz rasman kim Milliy olimpiya qo‘mitasiga rahbar bo‘lishini, kelgusi yillarda o‘zbek sportining jahon arenalarida natijalariga kim mas’ul bo‘lishini bilib olamiz. Endi esa boshqa bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqchi edik. MOQ rahbari iste’foga chiqqan zahoti ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalarda, ayrim internet saytlarida MOQning sobiq rahbari, juda katta mojaroli sabablar bilan rahbarlikdan ketgan, sport jamoatchiligining juda katta e’tirozlariga sabab bo‘lgan Umid Ahmadjonovni go‘yoki ideal rahbar sifatida ko‘rsatib (materiallardan biriga hattoki «Hazrati inson», deya sarlavha qo‘yib maqola berildi) uni nomini qaytarish kampaniyasi boshlanib ketdi. Ba’zi manbalar esa, ataydan, Ahmadjonov MOQqa qaytmoqda sarlavhalari bilan xabarlar tarqatila boshlandi. Manbalarimiz bergan xabarga ko‘ra, bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini, hozircha MOQ raisligi uchun nomzodlar orasida rahbariyat bergan topshiriqlarini bajarishga, sportni chin ma’noda rivojlantirishga qodir bo‘lgan nomzodlar ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilishdi. «Aslo Ahmadjonov emas», deyishmoqda.

Xo‘sh unda bu xabarlar nega kerak bo‘lib qoldi? MOQ raisligidan ish faoliyatidagi juda ko‘plab kamchiliklar, federasiyalarning noroziligi, sport jamoatchiligining katta e’tirozlariga sabab bo‘lgani tufayli, qaysidir ma’noda ishdan haydab yuborilgan eski xatoni takrorlab bu postga tayinlash kimga kerak?

Aytishlaricha, Umid Ahmadjonov davrida milliy olimpiya qo‘mitasi ajratilgan pullarni sport musobaqalariga sarflash o‘rniga, keraksiz tadbirlar, safarlar, oddiy aytganda sayohatlar uchun sarflab yuborilgan. Pul sportdan ko‘ra, rahbar atrofida uning xarajatlariga sarflab yuborilgan. Afsuski bu borada aniq ma’lumotlarni olishning imkoni bizda yo‘q. Lekin juda ko‘p joylarda bu haqida gapirilgan. Bundan tashqari federasiyalar ishiga aralashuv, rahbarlar bilan kelishmovchiligi sababli ularni ishdan olib tashlash, federasiyalarning ishiga asossiz aralashuvlari haqida sport jamoatchiligi hozirgacha gapirishadi. Karate federasiyasining sobiq rahbari Nurxon Nafasovga nisbatan xuddi tergov qiluvchi organ sifatida xabar bergani va buning uchun prokuraturadan qat’iy ogohlantirish olgani xabarining o‘ziku alohida tarix. Ahmadjonovning yana bir eng katta xatolaridan biri MOQ va Sport vazirligi bilan aloqalarni keskin yomonlashtirgan. O‘zbek sportini birga rivojlantirish o‘rniga vazirlik nomini yomonotliq qilishga, o‘zini-o‘zi piar qilishga harakat qildi, xolos.

2019 yilning may oyida Ahmadjonov iste’foga chiqarilgach MOQdagi tadbirda ishtirok etgan hukumat rahbari Abdulla Aripov «Prezidentimiz sportni rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratmoqdalar. Milliy olimpiya qo‘mitasi oldiga katta va mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqdalar. Mazkur topshiriqlarni bajarish uchun rahbar yaxshi boshqaruvchi bo‘lishi, sportchilar bilan yaqin va samimiy munosabatda bo‘lib ularni yirik va nufuzli musobaqalarga tayyorlashi, moliyaviy-iqtisodiy masalalarni hal etish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Afsuski, Ahmadjonov faoliyatida bular ko‘zga tashlanmadi» deya ta’kidlab o‘tgandi. Endi savol tug‘iladi: o‘sha topshiriqlarni bajara olmagan odamdan yana qanday rahbarlik kutish mumkin?

Albatta berilayotgan piar maqolalarning ham darajasini baland deb bo‘lmaydi. Asosan mish-mishlar, shov-shuv xayp tarqatuvchi telegram kanallarda aylanayotgan bu materiallarning saviyasi ham haminqadar. Qiziq tomoni, piar-kampaniya sifatida berilgan materiallarning kommentlariga kirib o‘qisangiz, oddiy odamlar ham buni maqolalar buyurtma ekanini aytib, kulgiga olishgan, bu kabi kommentlarning ko‘pi o‘chirilgan. To‘xtovsiz maqtovlar bitilgan sharhlar o‘chirmasdan qoldirilgan.

Xullas, yuqorida aytganimizdek sportimiz katta o‘zgarishlar arafasida turibdi. Yangi vazir nomini bilib oldik. Tez orada MOQqa ham rahbar tayinlanadi. Umid qilamizki, yangi kelayotgan rahbar o‘zini-o‘zi piar qiladigan shaxslar emas, o‘zbek sportini rivojlantirish uchun sidqidildan ishlaydigan bo‘ladi. Prezidentimiz tomonidan berilayotgan topshiriqlarni bajarish uchun rahbar yaxshi boshqaruvchi bo‘lishi, sportchilar bilan yaqin va samimiy munosabatda bo‘lib ularni yirik va nufuzli musobaqalarga tayyorlashi, moliyaviy-iqtisodiy masalalarni hal etish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.

Oldinda Parij-2024 eshik qoqmoqda.

Kiritildi: 19:09, 18.02.2022.
O'qildi: 2018 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.