Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Jerar Pike muxlislarning unga nisbatan sodir etilgan nafrati haqida gapirdi.
Ma’lumki, «Barsa» juda passiv mavsumni o‘tkazmoqda. Kataloniyaliklarning Yevropa Ligasi doirasidagi «Napoli»ga qarshi bahsidan so‘ng Pike qattiq tanqidga olingan edi.
«Muxlislarimizning noroziligini tushunaman. Shu bilan birga o‘yindan keyin ham buni namoyish etishlarini istardim. Ular erkin fikr bildira olishlari mumkin, albatta. Men bunga qarshi emasman.
O‘yin paytida muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi juda muhim. Aks holda, biz katta bosimga duch kelamiz», — deydi Pike.