Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 01:00 Boliviya 4-0 Venesuela
06/09 05:00 Argentina 3-0 Chili
07/09 04:30 Urugvay - Paragvay
07/09 05:45 Braziliya - Ekvador
07/09 06:30 Peru - Kolumbiya

Tirik afsonalar: o‘z klublarida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar

Tirik afsonalar: o‘z klublarida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Hozirgi futbolda futbolchilar tez-tez klublarini almashtiradilar. Hamma yaxshi sharoit, jozibador maosh va sovrinlar yutish imkoniyati bo‘lgan joyni qidiradi. Lekin shunday futbolchilar borki, nima bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z klublarida ko‘p yillar davomida o‘ynaydi. Bu, albatta, hurmatga loyiqdir. Keling bir klubda uzoq vaqtdan beri faoliyat yuritayotgan 5 futbolchiga to‘xtalib o‘tamiz.

Marselo ("Real Madrid", 539 o‘yin)

"Qirollik klubi"ning yuqori talablarini inobatga olsak, "Real"da ko‘p yillarni o‘tkazish qiyin. Ammo Marselo shunday qildi. Braziliyalik "qaymoqranglilar"ga 2007 yilning qishida "Fluminense"dan 6,5 million yevro evaziga o‘tgan edi. Bu vaqt ichida futbolchi "Blankos" bilan birgalikda 5 karra Ispaniya chempioni, 2 karra Qirol kubogi, 5 karra Ispaniya Superkubogi, 4 marta Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, 3 marta UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.

33 yoshli himoyachiga so‘nggi paytlarda "Real" murabbiylari orasida katta talab bo‘lmayapti. Ammo "Santyago Bernabeu"da uni sevishadi va hurmat qilishadi, buni muxlislarning munosabatidan ham bilish mumkin. Himoyachi mavsum yakunida "qaymoqranglilar"ni tark etishi ehtimoldan xoli emas. Ammo uning Yevropada qolishi dargumon. Ispaniyada jurnalistlar braziliyalik o‘z uyiga aylangan klubga qarshi o‘ynashni istamasligini yozishmoqda.

Djordjo Kyellini (“Yuventus”, 551 ta o‘yin)

"Yuventus"ni Kyellinisiz tasavvur qilish qiyin. Ammo Djordjo faoliyati boshidan beri "byankoneri" safida bo‘lmagan. Futbolchi Turin klubiga 2005 yilning yozida "Fiorentina"dan 7,7 million yevro evaziga o‘tgan edi. O‘shandan beri u "keksa sinyora"ning asosiy himoyachisi bo‘lib kelmoqda.

37 yoshli markazchi so‘nggi yillarda u xohlagan darajada o‘ynamadi, chunki jarohatlar unga tez-tez ta’sir qilib turardi. Ammo sog‘lom Kyellini baribir sifatli himoyaviy o‘yin ramzi hisoblanadi. Djordjo "Yuventus"da 17 yildan beri to‘p tepadi. U B seriyadan elitaga qaytgan jamoaning bir qismi edi. Tajribali himoyachi Italiyada hamma barcha turnirda g‘alaba qozondi, Yevropa chempioni bo‘ldi, lekin Chempionlar ligasini yutish bugungi kungacha nasib qilmadi. Balki bu yil u Turin klubi bilan "katta quloqlar" sovrinini qo‘lga kiritish uchun so‘nggi urinishini o‘tkazadi.

Jerar Pike (“Barselona”, 595 ta o‘yin)

Pike "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Jerar Kataloniya klubini bir necha yil tark etib, "Manchester Yunayted" va "Saragosa"da o‘ynadi, ammo 2008 yilda yana jamoaga qaytdi. O‘shandan beri u "Barselona"ning asosiy himoyachisi va yetakchilaridan biri bo‘lib kelmoqda. Futbolchi kataloniyaliklar bilan birga klub miqyosida barcha sovrinlarni yutgan.

Pike 8 karra Ispaniya chempioni va 7 karra Qirollik kubogi g‘olibi. Bundan tashqari, "ko‘k anorranglilar" tarkibida Jerar 6 marta Ispaniya Superkubogini, shuningdek, 3 marta Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. U Yevropa va jahon chempioni ham. 35 yoshli markaziy himoyachining faoliyati ham asta-sekin yakunlanmoqda va u faoliyati bilan faxrlansa bo‘ladi.

Tomas Myuller ("Bavariya", 613 o‘yin)

Myuller butun faoliyatini "Bavariya"da o‘tkazdi. Tomas - bu klubning timsoli. Vaqti-vaqti bilan futbolchining ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar yuradi, ammo uni Myunxendan tashqarida tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari, 32 yoshli yarim himoyachi jamoaga katta foyda keltirmoqda, chunki u jamoaning va butun Bundesliganing eng yaxshi assistenti.

Myuller "Bavariya" bilan 10 karra Germaniya chempioni, 6 karra mamlakat kubogi sohibi va 7 karra Superkubok sohibi. Bundan tashqari, futbolchi 2 marta Chempionlar ligasi, UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Nemisning karyerasi hali tugamagan va uning o‘zi ham sovrinlar to‘plamini muvaffaqiyatli to‘ldirish imkoniyatiga ega.

Serxio Buskets ("Barselona", 661 o‘yin)

Pike kabi Buskets ham "Barselona"ning tirik afsonasi. Serxio Jerardan farqli o‘laroq, 17 yildan beri tizimda bo‘lgan Kataloniya klubini hech qachon tark etmagan. Futbolchi qisqa vaqt ichida "Barselona B" tarkibida atigi 2 ta o‘yin o‘tkazib, "ko‘k-anorranglilar" birinchi jamoasi o‘yinchisiga aylandi. Kataloniyaliklar bilan birgalikda Buskets Pike kabi hamma narsani yutgan. U bir klubda eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini davom yettirayotgan futbolchilar orasida rekordchi hisoblanadi.

Futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Bu davrdan keyin Serxio Kataloniya klubida bosh rollarda qolishi mumkin. Ayni paytda 33 yoshli yarim himoyachi jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lib, o‘yinlarda tayanch himoyada o‘tkazmoqda. Lionel Messi jamoani tark etdi, Pike faoliyatini yakunlash haqida o‘ylayapti, lekin Buskets davom etmoqda va, shubhasiz, o‘zining o‘yini bilan butun "Kamp Nou"ni xursand qilishda davom etadi.

Kiritildi: 18:32, 19.02.2022.
O'qildi: 2582 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.